Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, Çust tumanida yaşovçi 1990 yilda tuğilgan fuqaroga tegişli Hundai Sonata rusumli, 01 T 234 ZA davlat raqami bilan jihozlangan transport vositasi hozirgaça 152 ta holatda tezlikni belgilangan me’yordan oşirgani aniqlangan. Barça qoidabuzarliklar uçun hisoblangan jarimalar miqdori 410 mln sömga yetgan.

“Tergovga qadar tekşiruv transport vositasini röyxatga oliş guvohnomasi yöqligi, 01 T 234 ZA davlat raqam belgisi esa YHXXdan röyxatdan ötkazilmagani aniqlangan. Davlat raqam belgisi haqidagi ma’lumotlar tizimda mavjud emasligi bois sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan jarima soliş töğrisidagi qaror çiqarişning imkoniyati bölmagan.

Uşbu haydovçi heç qayerda qayd etilmagan davlat raqam belgisi bilan avtomaşinani istalgan tezlikda boşqarib insonlar hayotiga xavf solib kelgan. Biroq köza kunda emas, kunida sinadi deb bejiz aytişmaydi. Endi u noqonuniy harakatlari uçun qonun oldida javob berişiga töğri keladi”, deyiladi viloyat IIB rasmiy telegram-kanalida e’lon qilingan videoda.

Qayd etilişiça, ayni paytda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda, avtomaşina esa jarima maydonida saqlanmoqda.

Röy bergan voqea huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyevning ham e’tiborini tortgan. U 152 marta tezlikni oşirgan haydovçini “yöl terroristi” deb atagan. Blogerning fikriça, mana şundaylarning dastidan har yili minglab insonlar halok bölmoqda, qança oila ota-ona yoki farzand doğida kuymoqda.

“Lekin bunaqalar baribir yöqolib ketmaydi. Yana yangilari çiqaveradi. Çunki tizim şunga yöl qöyib beradi. Mana, masalan, şu videoda aytilişiça, 01 T 234 ZA soxta raqamiga 152 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bölsa-da, lekin bu raqam bazada bölmagani uçun jarima qöllaş haqida qaror çiqarişning imkoniyati bölmabdi emiş.

Nima??? Tuşunmadim, şu paytgaça 152 marta soxta raqam radarlarga tuşgan bölsa, lekin u bazada bölmasa, nega uni tezda tekşirmadinglar? Nega köçalarda soxta raqamli bitta maşina tezlikni 152 marta oşirgani qayd etilgan bölsa-da, uni bartaraf etiş çorasini körmadinglar? Nega qidiruvga berilmadi? Nega yöllar tösilmadi?