Oliy Majlis Qonunçilik palatasida mas’ul qömita tomonidan jamoat transportidan foydalaniş samaradorligini oşirişga qaratilgan qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritiş uçun tayyorlanmoqda. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasiga asosan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga jamoat transporti uçun alohida ajratilgan yölaklarda harakatlaniş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik belgilaş nazarda tutilmoqda. Uşbu harakatni birinçi marta sodir etganlik uçun – BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming söm) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bölsa – BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 875 ming söm) jarima belgilanmoqda.

Qonun loyihasi — Oliy Majlisning ikkala palatasi tomonidan tasdiqlanib, prezident imzolagaç kuçga kiradi.