Farğonada 24 marta qoida buzgan haydovçi 27 million 846 ming söm qarzini tölab berdi. Qoidabuzarliklari uçun jarima tölamasdan kelayotgan haydovçining Gentra’si jarima maydoniga joylaştirilgaç, u uşbu tölovlarni amalga oşirgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Majburiy ijro byurosi Qöqon şahar bölimi iş yurituviga 2020 yil yanvar oyidan 2021 yil aprel oyiga qadar 24 marta qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni öz vaqtida tölamagan fuqaro A.J.ga ma'muriy jazo qöllaş töğrisidagi qarorlar kelib tuşgan.
Bu böyiça haydovçi bir neça marotaba ogohlantirilgan. Biroq u jarimalarni tölamasdan, qasddan böyin tovlab kelgan. Şundan söng MIB va yöl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Bir oy davom etgan tezkor tadbir davomida A.J. boşqaruvidagi Gentra avtomaşinasi uşlanib, qarzdorlik undirilgunga qadar vaqtinça jarima maydoniga joylaştirilgan.
Maşinasi jarima maydoniga joylaştirilgan haydovçi 27 million 846 ming söm miqdoridagi jarima pullarini töliq tölab bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq MIB Farğona viloyat boşqarmasiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
















