O‘zbekiston | 12:01 / 30.10.2023
20642
1 daqiqa o‘qiladi

Seuldagi elchixona o‘zbekistonliklarni odamlar gavjum tadbirlarda qatnashmaslikka chaqirdi

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Koreyadagi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan vatandoshlarga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni tavsiya qildi

2022 yilning 29 oktyabr kuni Hellouin bayrami nishonlangan Seulning Itevon ko‘chasida tiqilinch ro‘y berib, nafas qisilishi va yurak to‘xtashidan 156 kishi halok bo‘lgan, 196 nafari esa jarohat olgandi. Ushbu fojia natijasida O‘zbekistonning 1 nafar fuqarosi ham hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.

Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni hamda o‘zbekistonliklar ishtirokida favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda elchixonaning quyidagi mas’ul xodimlariga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etdi: konsul Elyor Nishonov – 010-6802-1969; vitse-konsul Azamat Boltayev – 010-2909-4334; attashe Abdumannon Isanov – 010-3213-4505.

Mavzuga oid