Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
Ta’kidlanishicha, Toshkentda elchixonaning ochilishi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, Belgiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Belgiya o‘z diplomatik tarmog‘ini keng ko‘lamli isloh qilish doirasida Toshkentda yangi elchixona ochish rejasini e’lon qildi. Qaror mamlakatning geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyati tobora ortib borayotgan mintaqalardagi ishtirokini kuchaytirish strategiyasining bir qismi bo‘ldi. Bu haqda Belgiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida aytiladi.
Belgiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo tartibi tez o‘zgarmoqda: mojarolar soni ko‘paymoqda, davlatlar o‘rtasida raqobat kuchaymoqda, savdo va iqtisodiy aloqalar o‘zgarmoqda. Bunday sharoitda Belgiya o‘zining tashqi siyosiy infratuzilmasini so‘nggi 12-15 yil ichidagi eng yirik islohotini o‘tkazdi. Natijada yigirmaga yaqin diplomatik postlarni mustahkamlash, beshta yangi vakolatxona ochish va sakkizta amaldagi vakolatxonani yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Markaziy Osiyo Belgiya tomonidan muhim rivojlanish salohiyatiga ega strategik muhim mintaqa sifatida ajratib ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan Belgiya mintaqadagi ishtirokini kuchaytirish va O‘zbekistonda yangi elchixona ochish niyatida.
Ta’kidlanishicha, Toshkentda elchixonaning ochilishi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, Belgiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Tashqi siyosat idorasining qayd etishicha, Toshkent Belgiyaning Yevroosiyodagi aloqalarini kengaytirish doirasida, shu jumladan Transkaspiy yo‘lagining rivojlanishi va mintaqaning o‘sib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlari fonida asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, yangi vakolatxonalarning ochilishi xarajatlarni kamaytirishga urinish bilan bog‘liq emas. Kamroq ustuvorlikka ega bo‘lgan postlarni yopishdan tejalgan mablag‘lar boshqa diplomatik vakolatxonalarni mustahkamlashga va diplomatlar zaxirasini yaratishga yo‘naltiriladi.
Islohot 2026-2027 yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Belgiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, yangilangan tarmoqning maqsadi mamlakat manfaatlarini yanada samarali ilgari surish, uning siyosiy ta’sirini kuchaytirish va xorijdagi fuqarolar va hamkorlar bilan ishlash sifatini oshirishdan iborat.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026