O‘zbekiston | 18:19 / 27.06.2017
17722
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda nima o‘zgaradi?

Yangi tahrirdagi Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasiga ko‘ra, bojxona organlari ro‘yxati to‘ldirildi, unga qonunchilik darajasida Oliy harbiy bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi kiritiladi. Norma.uz shu haqida xabar berdi.

Qonuniylik, oshkoralik, shaffoflik, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishni bojxona faoliyatining asosiy tamoyillari etib belgilash taklif qilinayotir.

Bojxona organlari  Prezident tomonidan ta'sis etiladi va tugatiladi.

Idora quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ladi:

•  tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish;
•  huquqbuzarlarni ma'muriy yo‘l bilan ushlab turish;
•  bojxona to‘g‘risidagi normativ hujjatlarga rioya qilinishini ta'minlash uchun ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb qilish.

Shuningdek, loyihada jismoniy kuch, maxsus vositalarni qo‘llash hamda  o‘qotar quroldan foydalanish tartibi ochiqlanadi.

Qonunning taklif etilayotgan tahrir amaldagi tahrirdan farqli o‘laroq “bojxona organlarining mansabdor shaxslari” atamasidan emas, balki “bojxona organlari xodimlari” atamasidan foydalanadi.  Xodimlarning o‘z boshliqlariga bo‘ysunishi o‘rnatiladi.  Bojxona organlari xodimlari  yuqori turuvchi mansabdor shaxslar tomonidan ularga nisbatan qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan prokuratura organlari va sudga shikoyat berish huquqiga ega.

Shuningdek, bojxona organlari xodimlari o‘z xizmatiga kirishayotganda mazmuni qonun bilan belgilangan qasamyodni qabul qilishadi.

Mavzuga oid