Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilning 1 yanvaridan tabiiy muhit ifloslantirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlari qo‘llanadi
Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilishni ta'minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat bilan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarining bazaviy miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda muayyan koeffitsiyentlarda qabul qilinishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, O‘zbekisgon Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari O‘zbekiston Respyblikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan undiriladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi: 74 foizi - O‘zbekiston Respyblikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga hamda 2b foizi - O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyetiga.
Ushbu qaror 2019 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:20 / 09.04.2024
"Tabiatga jiddiy zarar keltiradi" – faollar Toshkentda o‘tadigan sharlar shousini bekor qilishni so‘rashmoqda
20:58 / 27.07.2023
Golfstrim oqimlari tizimi 2025 yildayoq yo‘q bo‘lib ketishi mumkin
11:27 / 22.07.2023
Matonatli ekofaol: daraxtni kesilishdan asrash uchun uning tepasida 2 yil yashagan qiz haqida hikoya
21:56 / 19.05.2023