Toşkentdagi Aşxobod sayilgohi hududidan oçiq osmonga 20 mingta pufaklar uçirilişi reja qilinmoqda. Bu haqda 8 aprelda boğning Instagramʼdagi sahifasiga yuklangan postda instabloger Jahongir Xöjayev ma’lum qilgan.

Unga köra, bayram munosabati bilan 10 aprel sanasida sayilgohdagi çarxpalakning eng baland nuqtasidan “şarlar yomğiri” uyuştiriladi. Qayd etilişiça, ilgari bunday sondagi pufaklar osmonga uçirilmagan, navbatdagisi rekord darajada bölişi kutilmoqda.

Ekofaollar bu tadbirning atrof-muhitga katta zarar yetkazişini aytişmoqda. Dastlab holatga munosabatini bildirgan Ekolog.uz telegram kanaliga köra, “lateks şar”lar biologik parçalanadigan bölişi mumkin, lekin bu jarayon juda sekin keçadi. Oqibatda esa atrof-muhitda yillar davomida saqlanib qolişi mumkin. Bu hayvonlarga tahdid solişi qayd etiladi.

“Şarlar yovvoyi tabiatga taşlanganda, ularni hayvonlar oziq-ovqat deb adaşib yeyişi yoki ular bilan boğlanib qolişi mumkin, natijada ölim [yuzaga kelişi] yoki soğliqqa zarar yetişi mumkin. Suvda yaşovçi hayvonlar şarlarni yutib yuborişi yoki şar tasmalariga öralib qolib, jismoniy şikastlanişi mumkin.

Şarlar işlab çiqariş va taşiş jarayonlari issiqxona gazlarini va boşqa atmosfera ifloslantiruvçi moddalarni çiqarişiga sabab böladi. Şunday ekan biz tegişli taşkilotlardan uşbu şouni bekor qilişlarini söraymiz. Şundoğam boşqa tadbir va marosimlarda keragidan ortiq muşaklar otib, öz izimizdan çiqindilarni qoldirib tabiatga zarar yetkazyapmiz”, – deyiladi xabarda.

Ekojurnalist Nargiz Qosimova şouning yopiq emas, oçiq hududda qilinayotganiga e’tibor qaratgan.

“Yopiq bino bölsa ham mayli, oçiq joy. Şarlar birpasda uçib ketib, yuzlab kmni ifloslantiradi. Bularga tabiatingga zarar yetadimi, şarlardan hayvon-u, quşlar ölib ketadimi, farqi yöq, pul bölsa böldi”, – deydi u.

Ekologiya vazirining maslahatçisi Rasul Kuşerbayevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, plastik çiqindilardan bayram tadbirini ötkazişni çeklaş lozim.