Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 dekabrdan ko‘chma savdo faoliyati yangicha tartibda amalga oshiriladi - Prezident qarori
“Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrdan:
- ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlar tomonidan ko‘chma savdo obektlarini elektron tarzda “K – SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
- Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;
- ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo obektlari joylashish sxemalari bo‘yicha “K – SAVDO” orqali elektron auksionda sotiladi.
Auksion boshlang‘ich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer solig‘i miqdorida belgilanadi. Auksion g‘olibi tomonidan ko‘chma savdo joyi qiymati to‘liq to‘langanidan so‘ng unga “K – SAVDO” tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qo‘yilgan guvohnoma beriladi hamda u mazkur joydan 36 oy muddatga foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ko‘chma savdo joyidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish talab etilmaydi.
Shuningdek, hujjatga ko‘ra:
- savdo avtomatlariga nisbatan nazorat-kassa texnikalaridan majburiy foydalanish talabi tatbiq etilmaydi;
- sotadigan tovarlari va (yoki) ko‘rsatadigan xizmatlari turidan qat'i nazar bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchi deb e'tirof etiladi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025