Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kanada va Meksikaga o‘z shartini aytdi
AQSh prezidenti Donald Trampning Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga ma'lum qilishicha, u Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi kelishuvni bitim «halol» bo‘lsagina uzaytiradi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi.
«O‘n yillab vaqt davomida savdodagi o‘yin AQSh foydasiga qarshi olib borildi. Bu vaqt o‘tdi. Bugun Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga ma'lum qilindi: Qo‘shma Shtatlar NAFTA bo‘yicha halol bitimga rozi bo‘ladi, yoki hech qanday kelishuv bo‘lmaydi», - deyiladi bayonotda.
1 iyun kuni Tramp Yevropa ittifoqi davlatlari, Kanada va Meksikadan po‘lat hamda alyuminiy olib kirishga bojlar joriy etish haqida ko‘rsatma berdi. Bu qaror keskin tanqidga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq XVJ AQShni savdo urushidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:48 / 23.05.2026