Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) vakili Jyerri Raysning ma'lum qilişiça, uzoq davom etadigan savdo uruşlarida faqat mağlub bölganlar böladi. Uning sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
«Uzoq savdo uruşlarida hamma mağlub böladi. Biz mamlakatlarni savdo tösiqlarini kamaytiriş va muammolarga yeçim topişda birgalikda konstruktiv işlaşga çaqiramiz, bu favqulodda çoralardan foydalanmaslik uçun kerak», - dedi Rays.
Uning afsus bildirişiça, xalqaro savdoda keskin vaziyat, u jahon iqtisodiyotining qöllab-quvvatlovi bölgan bir paytda paydo böldi. Raysning qayd etişiça, ayni damda jahon savdosi YaIMdan köra köproq ösiş sur'atlarini körsatmoqda, bu butun dunyo böylab iqtisodiyotning tiklanişiga sabab bölyapti.
XVJ vakilining xulosa qilişiça, AQŞ tomonidan joriy etilayotgan pölat va alyuminiyga bojlar savdoning jiddiy buzilişiga olib kelsa, unda bundan faqat G7 davlatlaridagi eng kambağal odamlar zarar köradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya AQŞga bojlar uçun yagona va qat'iy javob va'da qilgandi.












