"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan Qashqadaryoda tabiiy gaz zaxirasi 5,5 mlrd kub metrdan ziyod yangi kon ochildi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida “Ijobat” gaz kondensatli koni ochildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryoga qilgan tashrifi davomida hududda uglevodorod xomashyo zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar bergandi.
Xususan, “Ijobat” gaz kondensatli konining ochilishi ham so‘nggi bir necha oy davomida olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasi hisoblanadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev mazkur kon faoliyati bilan tanishdi va hududda kelgusida rejalashtirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
“Davlatimiz rahbari o‘tgan yili Qashqadaryoga tashrifi doirasida qancha gaz ishlab chiqarilsa, shunga yarasha uning zaxirasi ham yaratilishi kerak, deya topshiriq bergandi. Biz shundan so‘ng Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, tajribali mutaxassislar va institutlar bilan kelishgan holda Muborak va Sho‘rtan hududida geologiya ishlarini kuchaytirdik. Mana shu ko‘rib turganimiz, “Ijobat” koni ham shu izlanishlar natijasi bo‘ldi, albatta. Qashqadaryo hududida har yili 25 mlrd. kubdan ortiq gaz qazib chiqarilgan bo‘lsa, atigi 4-5 mlrd. kub atrofida zaxira yaratilardi. Joriy yilda o‘nta strukturada ish olib boryapmiz, hududning o‘zida kamida 20 mlrd kub zaxira yaratishni maqsad qilganmiz. Buning uchun barcha imkoniyatlarimiz yetarli va bu borada sohada yetakchi bo‘lgan davlatlar bilan samarali hamkorlik qilib kelyapmiz”, – dedi Mehriddin Abdullayev.
Joriy yilning 19 mart holatiga ko‘ra, “Ijobat-1” qudug‘i 2021 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi va ushbu jarayonda mahsuldor qatlamning 2021-1708 metr chuqurlik oralig‘idan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi.
Quduqdan olingan tabiiy gazning dastlabki erkin kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda.
Yaqin muddat ichida “Ijobat-1” qudug‘ida mahsuldor qatlamning bosimi, harorati va kon-geologik parametrlarini aniqlash hamda uning sanoat miqyosida qazib chiqarish quvvatini aniqlash maqsadida geologik tadqiqot ishlari olib boriladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, “Ijobat” maydonining o‘lchami 10,5 kv. km.ni tashkil etib, tabiiy gaz resursi 5 mlrd. 632 mln. m3 va kondensat resursi esa 248 ming tonnani tashkil etadi.
Joriy yil yakuniga qadar, “Ijobat” konida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan uglevodorod xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish dasturi doirasida yana ikkita izlov quduqlarida burg‘ilash ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda.
Istiqbolli hududlardagi 19 ta yangi maydonda burg‘ilash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi hududlarida joriy yilning bugungi holatida ushbu maydonlardan uchtasida burg‘ilash (“Ijobat”, “Razzoqbobo”, “Chorbog‘”), bittasida (“Istiqbol”) burg‘ilash dastgohining montaj ishlari olib borilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024