Bu özgariş – bir kun oldin Özbekiston prezidentining energetik xavfsizlik böyiça vakili Alişer Sultonovning işdan olinişi ortidan röy bermoqda.

Abduğani Sanginov 2017 yil may oyida “Özbekgidroenergo” AJ taşkil etilgan paytda kompaniya raisi etib tayinlangan va şundan buyon uşbu lavozimda işlab kelayotgan edi. U bundan oldin Qişloq va suv xöjaligi vazirligi qoşidagi “Özsuvenergo” birlaşmasiga rahbarlik qilgan.

17 dekabr kuni “Özbekgidroenergo” jamoasi Abduğani Sanginovni yangi lavozimga tantanali ravişda kuzatib qöydi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilda Sardoba suv omboridagi falokatdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Abduğani Sanginov tanqidlar nişoniga aylangan, ammo uning matbuot xizmati ayblovlarni rad etgandi. Keyinçalik Sanginovning öğliga tegişli kompaniya Surxondaryodagi qariyb 1,5 trln sömlik gidroenergetika loyihasiga pudratçi sifatida tendersiz tanlangani ma’lum bölgandi.

“Özbekneftgaz”ning endilikda sobiq rahbari Bahodir Siddiqov kompaniyani 2023 yil mart oyidan buyon boşqarib kelayotgan edi. U boşqa işga ötgani aytilmoqda.

Xabar yangilandi. 18 dekabr kuni kompaniya matbuot xizmati Siddiqov bilan xayrlaşuv tadbiri bölib ötgani, jamoadoşlari unga yangi lavozimda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaganini xabar qildi.