18 dekabr kuni “Özbekneftgaz” AJda boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Unda kompaniya boşqaruvi raisi lavozimiga tasdiqlangan Abduğani Sanginov jamoaga rasman taniştirildi va qazib çiqarişni barqarorlaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berişiça, yiğilişda davlat rahbari tomonidan sohani har tomonlama rivojlantiriş, uni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun yaratilgan şaroit va imkoniyatlarga qaramay, kutilgan natijalarga erişilmayotgani tanqid qilingan.

“Uşbu holatlarni bartaraf etiş böyiça eng avvalo geologiya-qidiruv va qazib çiqariş işlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, har bir yönaliş faoliyatini qat’iy va samarali çoralar asosida qayta körib çiqiş zarurligi ta’kidlandi.
Şuningdek, kompaniya strukturasini xalqaro standartlar asosida joriy qiliş, yangi boşqaruv yondaşuvlarini qöllaş, strategik loyihalarni amaliy natijaga yönaltiriş böyiça aniq topşiriqlar berildi. Xorijiy hamkorlar bilan aloqalar formatini tahlil qiliş, mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalaniş lozimligi alohida qayd etildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Jamşid Qöçqorovga köra, Abduğani Sanginov yangi lavozimda qat’iyatli bölişi, har bir topşiriqqa mas’uliyat bilan yondaşişi, işda eng avvalo tartib va intizomga amal qilib, vazifalarni sidqidildan bajarişi kerak.
Öz navbatida, Sanginov qisqa muddatlarda “Özbekneftgaz”ni transformatsiya qiliş böyiça yangi strategiyani qabul qilişi, jamoa bilan birga gaz qazib çiqarişni barqarorlaştiriş va sohada tizimli natijalarga erişilişini ma’lum qilgan.



Yiğilişda, şuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining neft-gaz böyiça örinbosari lavozimi joriy etilgani ma’lum qilingan. Bu lavozimga Xurşid Mustafoyev













