Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zafar Hoshimov: “Kun.uz’dagi reklamalarimiz “virus” kabi tarqaladi”
Tadbirkor, Korzinka.uz rahbari Zafar Hoshimov o‘z biznesini rivojlantirishda asosiy e’tibor qaratadigan jihatlar haqida gapirib berdi.
Korzinka.uz ko‘p sonli xaridorlar bilan ish yuritadi. Ular uchun yaratilgan qulayliklar, yangi mahsulotlar, o‘tkazilayotgan aksiyalar haqida muntazam tarzda ma’lumot yetkazib turish lozim. Har qanday biznesda o‘z mahsulotini reklama qilish, uning qulayliklari, sifati va boshqa ma’lumotlarni ommaga yetkazish muhim omil hisoblanadi.
“Reklamaning o‘rni shundaki, bizning xaridorlar ko‘nglidan joy topish maqsadida qilayotgan ishlarimizdan ularni xabardor qilishdir. Reklama berish uchun resurs tanlashda juda ko‘p qamrovlarga e’tibor qaratamiz”, - deydi Zafar Hoshimov.
Uning ta’kidlashicha, buning uchun birinchi navbatda onlayn segmentda eng ko‘p obunachilarga ega bo‘lgan resurslarni tanlash foydali bo‘ladi:
“Kun.uz’ni tanlashimizning, doimiy hamkorlik qilishimizning boisi shunda. Bu saytni tanlaganimizda O‘zbekistonda eng ko‘p auditoriyaga ega telegram-kanalga e’tibor qaratganmiz. Milliondan ortiq obunachilar orasida bizning xaridorlarimiz borligi shubhasiz.
Chindan ham tanlovda adashmaganimizga amin bo‘lganmiz. Chunki bergan reklamalarimizda konversiya juda baland bo‘ladi, ularni “virus” kabi boshqa kanallarga yoki resurslarga ulashishlar soni ham ko‘p miqdorda bo‘lishini kuzatganmiz. Reklama joylash yoki biror yangilikni tezkor yetkazishda Kun.uz biz uchun bebaho resurs hisoblanadi”.
Mavzuga oid
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
08:30 / 30.03.2023
Bojlardan vaqtincha qutulish: oziq-ovqat narxlari qanday arzonlayapti?
19:18 / 27.03.2023
Prezident farmoni bilan boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashyapti - Zafar Hoshimov
11:05 / 08.08.2022