Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Yandeks" o‘zining korporativ messenjerini ishga tushiradi
"Yandeks" o‘zining korporativ "Yamb" messenjerini ishga tushiradi. Bu haqida "Izvestiya" nashri kompaniya rejalari bilan tanish manbasiga asoslanib xabar berdi.
"Yamb" korporativ "Yandeks. Konnekt" muloqoti loyihasining bir qismi bo‘ladi. "Yandeks. Konnekt" — Amerikaning taniqli Slack ilovasi analogi. U kompaniya ichidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek "Yandeks" servislaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi.
"Yamb" "Yandeks. Konnekt"dan alohida ishlamaydi — ilovada ro‘yxatdan o‘tish uchun servisda qayd yozuvi bo‘lishi talab qilinadi. Messenjer "Konnekt"ning manzil kitobi bilan integratsiyalashadi va o‘ziga xos yopiq korporativ chat hisoblanadi. Umuman olganda ilova standart messenjerlarga o‘xshab ketadi.
"Yamb"ni iOS va Android smartfonlariga yuklab olish mumkin. "Yandeks" yangi servislarni yo‘lga qo‘yishi to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqladi, biroq ularga izoh berib o‘tirmadi.
Mavzuga oid
18:53 / 05.02.2024
"Yandeks" qayta shakllantirilgandan keyin xususiy kompaniya sifatida qoladi
10:44 / 29.12.2023
Latviyada «Yandeks» bilan bog‘liq saytlarga kirish bloklandi
15:12 / 27.12.2023
«Yandeks» kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga ko‘chirdi
17:31 / 06.10.2023