"Yandeks" qayta shakllantirilgandan keyin xususiy kompaniya sifatida qoladi
Yandeks boshqaruv jamoasi maxsus aksiyadorlik huquqlarini oladi va Moskva birjasida ro‘yxatga olinadigan kompaniyani boshqarishda davom etadi.

Niderlandiyaning Yandex N.V. kompaniyasi Yandeks biznesini 475 milliard rublga sotish bo‘yicha xususiy investorlar konsorsiumi bilan bitim tuzdi. Endilikda Yandex N.V. guruhning asosiy kompaniyasi hisoblanmaydi, yangi bosh kompaniya xususiy va mustaqil ravishda aksiyalari Moskva birjasida sotiladigan Xalqaro Aksiyadorlar kompaniyasi (MKAO) "YANDEX" bo‘ladi.
Yandeks jamoasi guruhining bizneslari, xizmatlari va aktivlari o‘zida saqlanib qoladi, xorijiy startaplar (Nebius, Toloka, Avride i TripleTen) va Finlyandiyadagi ma’lumotlar markazi bundan mustasno.
MKAO "Yandeks" ning asosiy egasi Yandex menejyerlari boshchiligidagi "Konsorsium.Pervyy" yopiq investitsiya fondi, shuningdek, to‘rtta mustaqil va xususiy ishtirokchi kompaniyalar bo‘ladi. Kompaniya ta’kidlaganidek, aksiyadorlarning hech biri kompaniyaning nazorat paketiga ega bo‘lmaydi.
Yandex boshqaruv jamoasi kompaniya boshqaruvini va "Menejyerlar jamg‘armasi"ni yaratish orqali asosiy qarorlarni qabul qilish huquqini saqlab qoladi. Ushbu fond direktorlar kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida alohida masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinganda alohida huquq va veto huquqiga ega bo‘ladi.
Yangi tuzilma investorlar, hamkorlar, foydalanuvchilar va xodimlarga kompaniya biznesining istiqbollari va barqarorligiga ishonchni ta’minlab, Yandex'dagi odatiy boshqaruv jarayonlarini saqlab qolishga va’da beradi. Yandex biznesini sotish bo‘yicha bitim Yandex N.V. aksiyadorlari va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi
O‘zbekiston | 14:35
-
Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 14:28
-
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
O‘zbekiston | 14:11
-
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida
Jahon | 14:08
Mavzuga oid

10:44 / 29.12.2023
Latviyada «Yandeks» bilan bog‘liq saytlarga kirish bloklandi

15:12 / 27.12.2023
«Yandeks» kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga ko‘chirdi

17:31 / 06.10.2023
Soliq qo‘mitasi Yandex Go'dan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashni talab qildi

09:52 / 28.08.2023