Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi yandex.kz mahalliy domenining serverlarini Qozoğiston hududiga ötkaziş işlarini yakunladi. Bu haqda Qozoğiston Raqamli rivojlaniş vazirligi xabar berdi.

«Yandeks» qozoğistonliklar uçun öz xizmatlarini mahalliylaştiriş böyiça tizimli iş olib bormoqda. Serverlarni mamlakatga ötkaziş muhim qadamdir. Bu bizning foydalanuvçilarimiz ma’lumotlari Qozoğistonda qayta işlanişini anglatadi. Vazirlik fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga katta e’tibor qaratadi», deya ta’kidlagan Qozoğiston raqamli rivojlaniş vaziri Bagdat Musin.

Ma’lumotlarga köra, Qozoğistonda «Yandeks» xizmatlarining oylik auditoriyasi 10 millionga yaqin foydalanuvçini taşkil qiladi.

Nimaga Qozoğiston hukumati «Yandeks»ga bunday talab qöygandi?

«Yandeks» kompaniyasining bir neçta onlayn servislari qatorida taksi xizmati körsatuvçi ilova-agregator ham bor. «Yandex Go» va «Yango» nomlari ostidagi agregator Rossiyadan taşqari Özbekiston, Qozoğiston, Gruziya, Armaniston, Belarus, Isroil, Norvegiya, Finlandiya kabi (jami 20 dan ortiq) mamlakatlarda işlaydi.

2023 yil 1 sentabrdan boşlab Rossiya maxsus xizmatlariga taksi buyurtmalari xizmati ma’lumotlar bazalariga kiriş vakolati berilgan edi.

RFda bu borada qonun qabul qilinganidan keyin Qozoğistonda Yandex.kz domeni öçirib qöyilgandi. Qozoğiston Raqamli taraqqiyot vazirligi Rossiya kompaniyasidan «huquq-tartibot organlar va maxsus xizmatlar bilan aloqalari» haqida tuşuntiriş berişni söragandi. Şuningdek, Gruziya şaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi xizmati «Yandeks Go» servisining foydalanuvçilar ma’lumotlarini qayta işlaş jarayoni qonunga muvofiqligini tekşiriş uçun örganiş işlarini boşlagandi. Finlandiya va Norvegiyaning vakolatlari organlari «Yandeks»dan foydalanuvçilarning ma’lumotlarini Rossiyaga uzatişni töxtatişni talab qilgandi.