Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
Shuningdek, qonunchilikda yerosti suvlariga quduqni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish o‘rniga yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibini joriy etish belgilanmoqda.
Foto: Kun.uz
Senatning yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.
Ta’kidlanishicha, yerosti suvlarini yerlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun olish keskin o‘sganligi, shuningdek quduqlarni ruxsatsiz burg‘ilash va suvlardan nazoratsiz, hisobga olmasdan foydalanish hollari davom etayotganligi sababli yer osti suv resurslarini muhofaza qilish choralarini kuchaytirish zarurati paydo bo‘lgan.
Shu sababli «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga yerosti suvlariga quduqni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish o‘rniga yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibini joriy etish belgilanmoqda. Jumladan, Soliq kodeksiga yerosti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suvni hisobga olish vositalarisiz suv olinganida soliq to‘lovini belgilangan stavkaning besh barobari miqdorida undirish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
09:47 / 20.12.2025