Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Oliy Majlis Senatida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov komissiyasi tomonidan baholash natijalariga ko‘ra, 7 ta nominatsiyada g‘oliblar taqdirlandi.
Foto: senat.uz
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, gender tenglik hamda oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi tashkilotlarda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan samarali siyosatni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni aniqlash va keng ommalashtirish, shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.


Tanlov komissiyasi tomonidan nizom talablari asosida baholash natijalariga ko‘ra 7 ta nominatsiya bo‘yicha quyidagi tashkilotlar g‘olib deb topildi:
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika tashkiloti” – Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ;



“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy tashkilot” – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman (shahar) tashkiloti” – Surxondaryo viloyati Uzun tumani Axborot-kutubxona markazi;
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik” – Farg‘ona shahar hokimligi, Guliston tumani hokimligi;

“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti” –“Mehrimiz sizga” ayollar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi va “MILLENNIUM” nogiron yoshlarning ijtimoiy-huquqiy tiklanish markazi;
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik sub’yekti” – “MIRZO BOSHI” oilaviy korxonasi va «Safia» qandolat uyi;


“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol ommaviy axborot vositasi”– O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali va «Mahalla» gazetasi.
Shuningdek, Bojxona qo‘mitasi vakillariga BMT Taraqqiyot dasturining nufuzli mukofoti – “Gender tenglik bo‘yicha kumush nishoni” (Gender Equality Seal) topshirildi. E’tiborlisi, mazkur natijaga O‘zbekiston MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib erishdi.
“Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturi 2022 yil oktyabrda boshlangan bo‘lib, loyiha BMT Taraqqiyot dasturi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026