Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun ma’qullandi.

Bugungi kunda moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytiriş va xalqaro islomiy moliya standartlariga muvofiq yangi turdagi muqobil bank xizmatlarini joriy etiş zarurati yuzaga kelayotgani ta’kidlab ötildi. Şundan kelib çiqib, mazkur Qonun bilan 2 ta kodeks hamda 7 ta qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oşirişning huquqiy asoslarini belgilovçi yangi normalar kiritilmoqda.

Xususan, Qonun bilan islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya turi joriy qilinib, unga oid talablar belgilanmoqda. Jumladan, mazkur litsenziya bilan banklar tomonidan töliq islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş yoki bir vaqtning özida ham an’anaviy, ham islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş imkoniyati paydo böladi.

Şuningdek, islomiy moliya faoliyati bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiriş maqsadida Markaziy bank va islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi banklarda islomiy moliya kengaşini taşkil etiş hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.

Bundan taşqari, islomiy moliya operatsiyalarining öziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Soliq kodeksiga islomiy moliya operatsiyalarini soliqqa tortiş tartibini belgilovçi alohida bob kiritiladi. Unga asosan islomiy moliya faoliyatidan olingan daromadlar soliq soliş maqsadlarida foizli daromadlarga tenglaştirilib, banklar va mikromoliya taşkilotlari tomonidan mijozga realizatsiya qilinadigan tovarlarga qöyiladigan ustama QQSdan ozod qilinadi.