Moliya | 11:00 / 01.07.2025
5289
1 daqiqa o‘qiladi

Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

Prezidentning “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

Foto: Kun.uz

Farmonga ko‘ra, pensiya va g‘aznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari belgilandi. Jumladan:

  • g‘aznachilik va pensiya ta’minoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish;
  • fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron va proaktiv shaklga o‘tkazishga erishish.

2026 yil 1 dekabrdan pensiya tizimida jarayonlarni avtomatlashtirish orqali fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi.

Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid