Özbekistonda pensiyani naqd pul şaklida olişni onlayn tarzda tanlaş imkoniyati yaratildi. Bu haqda Pensiya jamğarmasi xabar bermoqda.

Bundan buyon fuqarolar Yagona portal – my.gov.uz sayti yoki MyGov ilovasi orqali “Pensiya tölovini naqd şaklga ötkaziş” xizmatidan foydalanişi mumkin.

Pensiya jamğarmasi ma’lumotiga köra, 2026 yil yanvar oyi holatiga 4,2 million nafar pensionerdan 3,8 million nafari pensiyani naqdsiz şaklda, qariyb 400 ming nafari naqd pul şaklida oladi.

  • 2022 yilda pensiya va nafaqani bank kartasi orqali oluvçilarning pensiya va nafaqasi 1 foizga oşirilgan, bu orqali ularga pullarini bankomatdan yöqotişlarsiz naqdlaştirib oliş imkoniyati yaratilgan.
  • 2023 yilda naqd şaklda pensiya tarqatişda barmoq izi, 2025 yildan esa Face-ID texnologiyasi qöllana boşlagan edi.