Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda qishki ta’til uzaytirilmadi
Maktablarda qishki ta’til odatdagidek davom etadi, 11 yanvardan uchinchi chorak boshlanadi.
Qishki ta’til muddatining 24 yanvarga qadar uzaytirilishi O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga, shuningdek akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar o‘quvchilariga taalluqli.
Ammo umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’til muddati uzaytirilmagan, ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Ya’ni maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’tilning oxirgi kuni — 10 yanvar. III chorak darslari 11 yanvardan boshlanadi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlangandi. Bugun Oliy ta’lim vazirligi talabalar uchun qishki ta’til muddati uzaytirilgani haqida xabar berishi ijtimoiy tarmoqlarda yanglish fikrlarga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
22:53 / 24.01.2023
Toshkent shahridagi yana 12 ta maktabda 25 yanvardan ta’lim jarayoni boshlanadi
00:05 / 24.01.2023