Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paralimpiya harakati: Prezident yoshlar yutug‘ini “yangi yorqin sahifa” deb baholadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari ushbu g‘alabani mamlakat paralimpiya harakati tarixida “yangi yorqin sahifa” deb baholadi.
Foto: Sport vazirligi
15 dekabr kuni yo‘llangan tabrikda prezident sportchilar, ustoz-murabbiylar va ota-onalarni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlaridagi ulkan tarixiy yutuq bilan muborakbod etdi.
Qayd etilishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 35 davlatdan kelgan 1 ming 500 nafardan ziyod sportchilar ishtirokida o‘tgan musobaqalarda o‘zbekistonlik yoshlar jasorat va matonat ko‘rsatgan. Prezident tabrigida ularning bu g‘alabasi O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida yana bir yorqin sahifa ochgani ta’kidlandi.
Davlat rahbariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi mazkur nufuzli sport anjumanida 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Osiyo qit’asida 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, turnir davomida O‘zbekiston madhiyasi qariyb 100 marta yangragani qayd etildi.
Tabrikda para pauerlifting bo‘yicha bir qator sportchilar jahon va Osiyo rekordlarini o‘rnatgani, para yengil atletikada esa ayrim dasturlarda barcha medallar jamlanmasi O‘zbekiston hisobiga tushgani alohida ta’kidlandi.
Prezident, shuningdek, mamlakatda paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha maxsus qaror qabul qilingani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, “Matonat maktabi” va mutaxassislar tayyorlash instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilganini eslatdi. Qayd etilishicha, adaptiv sport turlari yo‘nalishlari 89 taga yetkazilgan, mahallalarda mazkur sport turlari bilan doimiy shug‘ullanuvchilar soni 45 mingdan oshgan.
Yakunda davlat rahbari yosh parasportchilarga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatlarida ulkan omad va yangi zafarlar tiladi.
Mavzuga oid
17:48 / 27.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: “Ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz”
12:57 / 27.12.2025
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida eksport hajmini 3,3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
21:57 / 26.12.2025
Kosmosga uchadigan o‘zbek va jinoiy to‘dalarga eslatma: prezident murojaatida nimalar dedi?
13:32 / 26.12.2025