Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi ikkinchi va uchinchi AES Xitoy tomonidan quriladi
Birinchi AES Rossiya tomonidan qurilishi belgilangan. Joriy yilda mas’ul davlat idoralari navbatdagi ikkita AES qayerda joylashishini e’lon qiladi.
Foto: Pexels
Qozog‘istondagi uchinchi atom elektr stansiyasini ham xuddi ikkinchisi kabi Xitoy quradi. Bu haqda hukumatdagi brifingda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar ma’lum qildi.
«Hozir Atom energetikasi agentligi va «Elektricheskiye atomnyye stansii» korxonasidagi hamkasblarimiz dislokatsiya joylarini o‘rganmoqda. Stansiya yonida doimiy suv ta’minoti manbai bo‘lishi shart», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi respublikadagi birinchi stansiyani Olmaota viloyati, Jambil tumanidagi Ulken qishlog‘ida qurishni rejalashtirmoqda. Joriy yilda mas’ul davlat idoralari navbatdagi ikkita AES qayerda joylashishini e’lon qiladi.
Ikkinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha konsorsium yetakchisi, katta ehtimol bilan, Xitoyning China National Nuclear Corporation kompaniyasi bo‘ladi. Mutaxassislar qurilishi mumkin bo‘lgan joy sifatida Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Kurchatov shahrini ko‘rsatmoqda.
Qozog‘istonda uchta AES qurish zarurligi haqida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘tgan yilning bahorida Burabayda bo‘lib o‘tgan qurultoyda ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, respublikada yangi energetika tarmog‘ini yaratish strategik jihatdan muhim bo‘lib, bu uning «o‘nlab yillar davomida rivojlanishi uchun asos bo‘ladi». Buning uchun ikkita stansiya yetarli bo‘lmaydi va oxir-oqibat to‘liq yadroviy klasterni shakllantirish uchun uchinchisini qurish kerak bo‘ladi, dedi To‘qayev.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
09:51 / 29.12.2025