O‘zbekiston | 13:33 / 07.10.2025
4011
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Nukusdagi mahallada suv tozalash inshootini borib ko‘rdi

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nukus shahridagi Jyeketerek mahallasida to‘liq modernizatsiya qilingan va kengaytirilgan suv tozalash inshootini borib ko‘rdi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Ushbu inshoot ichimlik suvining sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, suv xo‘jaligi, ichimlik va oqova suv sohalarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan ham tanishildi.

Aholi salomatligi muhofazasi — doim kompleks yondashuvni talab etadi va bunda sifatli oziq-ovqat, musaffo havo, toza suv muhim omil hisoblanadi. Yangi suv tozalash inshooti 71 ta mahallaga, ya’ni qariyb 350 ming nafar aholiga hamda maktab va shifoxona kabi ijtimoiy soha obektlariga toza suv yetkazib berish imkonini yaratadi.

Loyiha Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib, o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan amalga oshirildi.

Mavzuga oid