Saida Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, «Navoiy» poliklinikasi binosi kapital ta’mirga, yangi standartlar joriy etiş va tibbiy xizmatlar sifatini oşirişga muhtoj. Uning sözlariga köra, muassasadagi yuklama nihoyatda katta bölib, mavjud şaroit “izoh talab qilmaydi”.
Şuningdek, u bu holatni faqat bir poliklinika muammosi sifatida emas, balki birlamçi tibbiy xizmat tizimidagi keng qamrovli muammolarning aks-sadosi sifatida baholadi. Qayd etilişiça, oldinda diagnostika va davolaş standartlarini takomillaştiriş, kadrlar tayyorlaş kabi vazifalar turibdi.

Ma’lum qilinişiça, mutaxassislar bilan birgalikda viloyat soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş böyiça yangi master-reja batafsil muhokama qilingan. Ta’kidlanişiça, jarayon faqat binolarni ta’mirlaş bilan çeklanmaydi — birlamçi tibbiy-sanitariya tizimiga bölgan yondaşuv tubdan qayta körib çiqiladi.

Saida Mirziyoyeva soğliqni saqlaşdagi muammolarni faqat hisobot va hujjatlar asosida baholab bölmasligini, bunday holatlar real vaziyatni joyida köriş muhimligini yana bir bor tasdiqlaşini bildirdi.




















