Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmi premerasida iştirok etdi.
Uning sözlariga köra, premerada 2000 nafar bola qatnaşgan.
“Ularning közlaridagi quvonç, hayrat va samimiy kulgini körib, könglim tölib ketdi. Bolalar multfilmni şunçaki tomoşa qilişmadi, göyo içiga kirib ketişdi, qahramonlar bilan birga yaşaşdi, xursand bölişdi, xavotir olişdi.
Bolani aldab bölmaydi. Ular yolğonni ham, haqiqatni ham darrov his qiladi. Agar bola ekrandan köz uzmay ötirgan bölsa – demak, ijodkor öz işini çin dildan qilgan. Şu ma’noda, bu multfilm bolalarning qalbidan joy olganini öz közim bilan kördim”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-sahifasida.

“Sehrlandiya” – Özbekiston tarixida ilk bor 3D formatda işlangan töliq metrajli animatsion film. Saida Mirziyoyeva filmni milliy kontent yaratiş yölidagi birinçi qadam deb atadi.
“Ona sifatida aytaman: bolalarimiz öz tilida, öz ruhiyatiga yaqin, zamonaviy multfilmlarni körib ulğayişi juda muhim. Şu sabab Jahongir Ahmedov va butun ijodiy jamoaga çin yurakdan minnatdorlik bildiraman. Böşaşmanglar, oldinda yanada katta yutuqlar, yanada çiroyli orzular bor. Omad sizga yor bölsin!” – deya tilak bildirdi Administratsiya rahbari.
















