O‘zbekiston | 15:34 / 27.08.2018
9561
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Igor Dodonni tabrikladi

Bugun Moldovada Mustaqillik kuni nishonlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Moldova Respublikasi prezidenti Igor Dodonni ushbu mamlakatning Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 1991 yil 27 avgustda Moldova Respublikasi parlamenti Boltiqbo‘yi davlatlari, Gruziya, Armaniston va Ukrainadan so‘ng Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilgan. Hujjat qabul qilingandan bir necha soat o‘tgach, Ruminiya Moldova mustaqilligini tan oldi.

Mavzuga oid