Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Britaniyadagi terma jamoalarga lola-qizg‘aldoq rasmi tushirilgan futbolkalarda o‘ynashga ruxsat berdi
Foto: Mirror
FIFA Angliya, Shotlandiya va Uels terma jamoalari JCh-2018 saralashi doirasida shu oyda o‘tkaziladigan uchrashuvlarga lola-qizg‘aldoq rasmi tushirilgan bog‘ichlar taqilgan futbolkalar kiyib tushishiga ruxsat berdi. Bu haqda Mirror xabar qilgan.
Lola-qizg‘aldoq tasviri Buyuk Britaniyada harbiy ixtiloflar qurbonlari ramzi hisoblanadi. 11 noyabr kuni mamlakatda Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlarining harbiy ixtiloflarda halok bo‘lgan askarlarni yodga olish kunidir.
FIFA lola-qizg‘aldoq siyosiy ramz ekanligini aytib, ushbu ramz tushirilgan futbolkada o‘yin o‘tkazishni taqiqlagandi. FIFA qoidalariga muvofiq, futbolchilarning liboslaridagi tasvirlar diniy yoki siyosiy ma'noga ega bo‘lishi kerak emas.
Ammo endilikda tomonlar bu borada kelishuvga erishgan va bog‘ichlar motam belgisi sifatida taqiladi.
Angliya terma jamoasi 11 noyabr kuni Shotlandiyani qabul qiladi, Uels esa 12 noyabr kuni Serbiya bilan o‘ynaydi.
Mavzuga oid
12:14 / 21.03.2026
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
12:24 / 19.11.2025
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 24.07.2025