Şotlandiyada drama. Yevropada JÇning yana beş iştirokçisi ma’lum böldi
|17:24 / 19.11.202510 15311 min
Şotlandiya sönggi daqiqalarda yöllanmani Daniyadan tortib oldi. Ispaniya, Belgiya, Avstriya va Şveytsariya ham mundial masalasini hal qildi. Guruh bosqiçida muvaffaqiyatsizlikka uçragan 16 jamoa qöşimça tört yöllanma uçun kuraş olib boradi.
Foto: Robbie Jay Barratt - AMA/Getty ImagesFoto: Robbie Jay Barratt - AMA/Getty Images
Seşanba oqşomidagi asosiy öyin Britaniya şimolida bölib ötdi, bu yerda mezbon şotlandlar daniyaliklar bilan guruhda kim birinçi örinni egallaşi masalasini hal qilişdi (oxirgi tur oldidan Daniyada 11, Şotlandiyada 10 oçko bor edi). Öyin Maktominayning çalqança uslubdagi hayratomuz zarbasi bilan boşlandi. Şotlandiya termasi yetakçisi 4-daqiqadayoq Kriştianu Ronalduning eng yaxşi yillaridagi tryukni takrorlab, Şmeyhelga heç qanday imkon qoldirmadi.
Ikkinçi bölimda esa haqiqiy drama röy berdi: avvaliga Hoylund penaltidan hisobni tenglaştirdi, ammo köp ötmay daniyaliklar himoyaçisi Kristensen qizil kartoçka oldi, keyin esa Şanklend mezbonlarni yana hisobda oldinga olib çiqdi. Ammo uç daqiqa ötib skandinavlar yana bir bor muvozanatni tiklaşdi – Dorguning golidan keyin Daniya onlayn jadvalda birinçi öringa çiqdi. Barçasi Daniya guruh peşqadamligini saqlab qolişiga qarab ketayotgandi, ammo bu oqşom Dorgu emas, Tirni qahramonga aylandi, uşbu himoyaçisi qöşimça daqiqalarda ğalaba golini urdi, yana bir neça daqiqa ötib Maklin maydon markazidan yöllagan zarbasi bilan öyinga uzil-kesil nuqta qöydi. Şotlandlar 1998 yildan buyon ilk bor mundialga yöl oldi, Daniyani ötiş öyinlari kutmoqda.
Belaruslar noyabrda köpçilikni ajablantiridi. Avvaliga Daniya bilan 2:2 hisobida durang öynadi (va bu yakunda skandinavlar ikkinçi örinda qolib ketişiga sabab böldi), oxirgi turda esa Gretsiyadan ham oçko tortib oldi. Va bu öyinda «avtobus» qöyilgani yöq: mezbonlar raqib darvozasi tomon yetti bor zarba berişdi. Va dastlabki tört öyinda yutqazgan belaruslar yakunda muxlislarga taskin beruvçi oçkolarni qölga kiritişdi.
Inglizlar xotirjam bölişi mumkin: ispanlar baribir sönggi turda gol ötkazib yuborişdi va guruh bosqiçini gol ötkazmasdan yakunlagan Tomas Tuxel jamoasi natijasini takrorlay olmadi. Turkiya töğridan töğri yöllanmaga ega çiqiş uçun Sevilyadagi öyinda 7 töp farqi bilan ğalaba qozonişi kerak bölardi, bunga jamoa ustozi Vinçenso Montella ham işonmasdi va şuning uçun Arda Guler, Kenan Yildiz hamda Hoqon Çalxonöğli kabi yetakçilarga dam berildi. Ularning örniga tuşirilgan futbolçilar esa işonçni oqlaşdi va mehmonlar 55-daqiqaga kelib 2:1 hisobida oldinga çiqib olişgandi. Faqat ispanlar töpurari Oyarsabal bu safar ham maydonni golsiz tark etişni istamadi va 62-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Şundan keyin ikki jamoa ham asosiy e’tiborini gol ötkazmaslikka qaratdi va hisob boşqa özgarmadi. 31 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriya qayd etayotgan Luis de la Fuente şogirdlari töğridan töğri yöllanmaga ega böldi, turklar esa ötiş öyinlaridan oldin öziga bölgan işonçni mustahkamlab oldi.
Gurjiston jamoasidan kamida munosib iştirok kutilgandi, ammo Xviça va jamoa muxlislarni ranjitişdi. Gurjistonliklar sönggi turda autsayder bolgarlarga ham yutqazişdi. Mezbonlar birinçi bölim örtalaridayoq ikki töp farqi bilan oldinga çiqib olişdi, mehmonlar öyin oxirida bitta javob golini urişdi, ammo kambek amalga oşmadi.
JÇ yöllanmasi uçun yana bir özaro töqnaşuv kutilmagan natija bilan boşlandi — Bosniya öyin startidayoq burçak zarbasidan gol urdi. Memiçning zarbasi gazonga çöpçib, darvozabon hududida turgan Tabakoviçga golli pas bölib bordi. Avstriya esa ança vaqtgaça javob golini ura olmadi. Avvaliga Zayvaldning xavfli zarbasini darvozabon qaytardi, keyin esa Laymerning goli VAR aralaşuvidan keyin hujumning boşlanğiç qismida işlatilgan fol tufayli bekor qilindi. Bosniya ğalabali hisobni tiş-tirnoği bilan himoya qildi, ammo öyinning 77-daqiqasigaça bir oyoği bilan jahon çempionatida turgan mehmonlar baribir raqib bosimiga doş berolmadi. Şu daqiqada Gregoriç hisobni tenglaştiruvçi golni urdi va mezbonlarni onlayn jadvalda yana birinçi öringa olib çiqib, bosniyaliklarni ötiş öyinlariga yubordi. Avstriyaliklar 1998 yildan buyon ilk jahon çempionatiga yöl oldi.
Muddatidan oldin JÇ yöllanmasidan umid uzgan Ruminiya sönggi turda muxlislari uçun öynadi va San-Marino darvozasiga yettita gol yölladi. Şu bilan birga, sanmarinoliklar öyin startida kutilmaganda hisobni oçişgandi, e’tiborli jihati, uşbu jamoa bu saralaş bosqiçida atigi ikki gol urdi va ikki gol ham ruminlar darvozasiga urilgan.
San-Marinodan farqli ölaroq, boşqa bir futbol karligi – Lixtenşteyn Belgiyaga heç qanday muammo tuğdira olmadi. Vanaken 3-daqiqadayoq tezkor gol urganidayoq öyin yirik hisobda yakunlanişi oydinlaşdi va muxlislar şundan keyin asosiy e’tiborni Kardiffda Uels va Şimoliy Makedoniya örtasida ikkinçi örin uçun keçayotgan öyinga qaratişi mumkin edi.
Bu öyinda yutqazgan jamoa ham Millatlar ligasidagi reytingi evaziga ötiş öyinlariga ötişi ma’lum edi – ammo bu holda qiyinroq raqibga duç kelişi kafolatlangandi. Qur’ada bunday jamoa törtinçi savatçadan joy oladi va favoritlardan biriga qarşi safarda öynaşga töğri keladi.
Uelsliklar buni istaşmadi va birinçi bölim örtalarida uç daqiqa içida ikkita gol urişdi. Bruks avvaliga Uilson uçun penalti işladi, keyin özi ham gol urdi. Keyin mezbonlar darvozaboni Darlou xatoga yöl qöydi va Mioski hisobdagi farqni qisqartirdi, ammo «ajdarlar» allaqaçon qon isini sezişgandi va yakunda raqibni butkul yakson etişdi. Jonsonning olis masofadan yöllagan zarbasi hamda Uilsonning jarima zarbasi keçaning bezagiga aylandi. Kreyg Bellami şogirdlari ötiş öyinlarida ham istalgan raqibga qiyinçilik tuğdira olişini namoyiş etdi.
Bu guruhda barçasi kutilganidek yakunlandi: sönggi tur arafasida kosovoliklarda birinçi öringa çiqib oliş uçun faqat nazariy jihatdan imkoniyat bor edi, buning uçun özaro öyinda şveysariyaliklar 11 töp farqi (!) bilan mağlub etilişi kerak bölardi. Amalda esa kosovoliklar faqat bitta gol urişdi va bu ham hisobni tenglaştiruvçi gol böldi. Şvetsiya esa 6 turdan törttasida yutqazib, atigi ikki oçko bilan sönggi örinda qolganiga qaramay, bahorda ötiş öyinlari orqali ikkinçi imkoniyatga ega böladi.
JÇga yöl olgan barça jamoalar:
Yevropada ötiş öyinlari uçun hosil bölgan savatçalar: