Şotlandiya politsiyasi Britaniyaning yadroviy tiyib turiş kuçlari joylaşgan Klayd harbiy-dengiz bazasi obekti — Fasleyn atom suvosti kemalari bazasiga kirişga uringan erkak va ayolni qölga oldi. Bu haqda Londonda çiquvçi The Guardian gazetasi 20 mart, payşanba kuni xabar berdi. Bazada Trident yadroviy raketalari bilan jihozlangan suvosti kemalari joylaşgan bölib, u taşrif buyuriş uçun yopiq hisoblanadi.

34 yoşli erkak va 31 yoşli ayol mamlakatdagi eng qattiq qöriqlanadigan harbiy obektlardan biriga kiriş uçun ruxsatnoma söragan, ammo rad javobini olgan. Keyinroq ular baza yaqinida qolib, şubhali tarzda harakat qilgani uçun politsiya xodimlari tomonidan qölga olingan.

The Guardian manbalari ma’lumotiga köra, erkak Eron fuqarosi, ayolning fuqaroligi esa hozirça aniqlanmagan. Qölga olinganlarning maqsadi noma’lum. Hokimiyat hozirça sodir bölgan holatni jiddiy tahdid sifatida baholamayotgan bölsa-da, josuslik versiyasini istisno qilmayapti. Keyingi vaqtlarda Britaniya maxsus xizmatlari Eron bilan boğliq ehtimoliy tahdidlarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Qölga olinganlar hibsda qolmoqda, tergov davom etmoqda. Qirollik harbiy-dengiz floti vakili şunday dedi: “Şotlandiya politsiyasi 19 mart, payşanba kuni Klayd harbiy-dengiz bazasiga kirişga muvaffaqiyatsiz uringan ikki kişini qölga oldi. Iş davom etayotgan tergov predmeti bölgani sababli, biz qöşimça izoh berişdan tiyilamiz”.

Şu kuni — 19 martda Vestminster magistratlar sudi oldida 40 yoşli Eron va Britaniya fuqarosi Ne’matilla Şoxsavaniy hamda 22 yoşli Eron fuqarosi Alirizo Farosatiy hozir böldi. Ularga London va uning atrofidagi hududlarda yahudiy jamoasiga aloqador obektlar va şaxslarni kuzatganlik ayblovi qöyilgan.