14:22 / 25.12.2017
35366

Yandex o‘zbek tilini mukammal bilgan mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda

Foto: RIA "Novosti"

AT sohasida yetakchi bo‘lgan Rossiyaning Yandex kompaniyasi o‘zbek tilini bilgan asessorlarni ishga taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berilgan.

Munosib nomzodlardan kamida (intermediate) ingliz tilini o‘rta darajada bilish, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi talab etiladi. Shuningdek, u ishga nisbatan mas'uliyatli, internetga aloqador bilimlarga ega bo‘lish hamda kuchli, ishonchli internet tarmog‘iga ega bo‘lishi kerak.

Kompaniya nomzodlarga masofadan turib ishlashni hamda ishbay maosh to‘lashni taklif etmoqda.

Ma'lumot uchun, asessor - qidiruv natijasida kelib chiqqan fayl, hujjat va matnlarning qidiruvchining talabiga mos kelishini baholab boradigan mutaxassis hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top