Avstraliyaning olis Julia Krik şahri uçun şifokor qidirilmoqda. Associated Press xabar berişiça, 500 nafar aholi yaşaydigan bu manzildagi yagona şifokor yaqinda öz lavozimini tark etadi.
Juliya Krik Kvinslend ştati poytaxti Brisben şahridan 17 soatlik yölda joylaşgan. U yerdan eng yaqin yirik şahar — Taunsvillga yetib oliş uçun yetti soat vaqt ketadi.
Şaharçaning joylaşuvini inobatga olib, u yerda işlaşni xohlagan şifokorga 680 ming Avstraliya dollarigaça (taxminan 428 ming AQŞ dollari) miqdorida maoş, bepul uy-joy va avtomobil taklif etilmoqda. Potensial nomzod jazirama issiq va tropik haşarotlarga ham çiday olişi kerak.
Julia Krikning hozirgi şifokori Adam Louvs şaharda 2022 yildan beri işlaydi, u 500 ming Avstraliya dollari (315 ming AQŞ dollari) miqdorida maoş olib kelgan. Şifokorning aytişiça, bu yerda osoyişta hayot hukm suradi.
U qanday qilib uşbu şaharçaga kelib qolganini aytib berdi: “Bir kuni qaynonam ‘Heç kimga kerak bölmagan yarim million dollarlik iş’ sarlavhali yangilik havolasini yubordi. Uni körganimda xayolimga kelgan birinçi fikr ‘Juliya Krik qayerda ekan?’ degan savol böldi”.
Louvs şaharçaga kelmasidan oldin u yerda 15 yil davomida birorta ham şifokor bölmagan.







