Toshkentda Gentra ko‘prikdan quladi
Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushdi. U Monza avtomobili bilan ham to‘qnashgan. Hodisa oqibatida haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushgani aks etgan videolar tarqaldi.
Bu xabarlarda mashina uch qavatli ko‘prikning uchinchi qavatida yuqori tezlikda haraktlangani, so‘ngra boshqaruvni yo‘qotib, ko‘prik to‘sig‘ini sindirib o‘tgani va ikkinchi qavatga tushib ketgani ma’lum qilingan.
Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 18 may kuni soat 22:40 atrofida 21 yoshli haydovchi D.M. boshqaruvidagi Lacetti (Gentra) 26 yoshli Sh.O. boshqaruvida bo‘lgan Monza bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv mashina ko‘prikdan qulashi oldi yoki keyin sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.
YTH oqibatida Gentra haydovchisi va ikki yo‘lovchisi tan jarohatlari shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:14 / 12.08.2024
Oynalari singan Gentra - Navoiy ko‘chasida ko‘p qavatli uy fasadidagi marmarlar ko‘chib tushyapti
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024