Toşkent şahrining Şayxontohur tumani Alişer Navoiy köçasidagi 37-köp qavatli uyning fasad qismidagi marmar köçib, fuqarolardan birining Gentra avtomobili oynalarini sindirdi. 

Ta’kidlanişiça, bu birinçi holat emas. Atrofdagi boşqa binoda ham marmarlar tez-tez köçib tuşayotgani aytilmoqda.

Ma’lum bölişiça, binoning pastki qavatlarida öquv markazlari mavjud. 

“Sentyabr oyidan abituriyentlar bu yerda gavjum böladi. Bu masalani tegişli mas’ullarga yetkazişda yordam bering. Marmarlar tuşib, kimningdir boşini yemasin”, — deyiladi Kun.uz’ga yuborilgan murojaatda. 

Aholi bu masalaga mas’ullarni e’tibor qaratişga çaqirgan.