Xatolik tufayli uyidan haydalgan fuqaro adolat istamoqda. Uyni esa Oliy sud öziniki qilib olgan
|23:00 / 06.02.202065 9089 min
Uşbu maqolada davlat organlari bir oilaning uy-joyini ğayriqonuniy yöl bilan tortib olgani, keyinroq bu uy Özbekiston Respublikasi Oliy sudi ixtiyoriga «belgilangan tartibda» özlaştirilgani va bugungi kunda ham uy jabrdiydaga qaytarilmay kelinayotgani haqida keltiriladi.
Uy kimga tegişli edi?
Dastlab uyning asl egasi va bu uy qanday qilib undan tortib olingani haqida hikoya qilamiz.
Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon «Faoris» işlab çiqariş tijorat firmasining 1992 yil 31 dekabrdagi 541-sonli ma'lumotnomasiga asosan fuqaro (marhum) Muhsiddin Kamalov nomiga mulk huquqi asosida ötgan. Keyinçalik M.Kamalovning vafotidan söng mazkur xonadon Toşkent şahar Yakkasaroy tuman 1-sonli DNIning 2004 yil 13 apreldagi vorislik hamda meros mulkini taqsimlaş töğrisidagi şartnomalarga asosan öğli R.Kamalovning nomiga davlat röyxatidan ötkazilgan.
Uy egalari öz uylaridan quvib çiqarilgan
Xonadon egalariga mutlaqo aloqasi bölmagan şaxslarga nisbatan olib borilgan jinoyat işi tergovini yuritgan davlat organi tomonidan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadonga taqiq qöyilib, xatlangan va R.Kamalov oila a'zolari bilan asossiz ravişda uydan haydab çiqarilgan. Kamalov va uning turmuş örtoği öşa mudhiş kunni hali-hanuz qörquv va iztirob bilan yodga oladi.
Sabab nima edi?
2003 yilning iyul oyidan 2005 yilning dekabriga qadar davlat uluşi bölgan aksiyadorlik kompaniyalaridan birida boşqaruv raisi lavozimida işlagan A.B. jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi hukmiga asosan, Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 210 hamda öndan ortiq boşqa moddalari bilan ayblanadi.
A.B.ga oid jinoyat işi tergovi davomida unga tegişli ekanligi gumon qilinib, respublikaning turli hududlarida joylaşgan va qarindoşlari hamda taniş-bilişlari nomlariga rasmiylaştirilgan uy-joy, kvartiralar, turli rusumdagi xorijda işlab çiqarilgan qimmatbaho avtomaşinalar, işlab çiqariş korxonalari va hatto zotdor otlar xatlangan. Sudning hukmi bilan yetkazilgan zararni qoplaş uçun davlat egaligiga ötkazilgan.
Musodara qilingan kvartiralar qatorida biz hikoya qilayotgan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon ham bor edi.
Sobiq amaldorning tanişi F.S.ning nomiga rasmiylaştirilgan, degan yangliş xulosa bilan tergov organi xatlagan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon sudning hukmi asosida yetkazilgan zararni qoplaş uçun davlat foydasiga ötkazilgan.
Mavzuga oid
Hikoyamiz şu joyiga yetganda sudlanuvçi A.B. va uning tanişi F.S. bilan kvartira egasi Kamalovning qanday aloqasi bölgan degan savol tuğiladi. Muammo ham şunda aslida. Ularning bir-biriga heç qanday aloqasi bölmagan. Gap şundaki, ayblanuvçining mol-mulklarini aniqlaş va xatlaşda tergov organi tomonidan qöpol xatoga yöl qöyilgan. Sud esa buni tekşirib ham ötirmagan.
Hukm qonuniy kuçga kirgaç, kvartira sud ijroçilari orqali sotuvga çiqarilgan. 2011 yil 19 may kuni bölib ötgan oçiq auksion savdosida uşbu kvartirani Oliy sud 58 500 000 sömga yutib olgan. Hozir bu xonadondan Oliy sud xodimlarining xizmat uyi sifatida foydalanilmoqda.
Xeç bir aybi bölmasdan öz uyidan ayrilgan va oilasi bilan köçada qolgan Kamalov adolat izlab qariyb 9 yillik umrini sud va prokuratura idoralari ostonalarida ötkazmoqda. Şu vaqt orasida uning bormagan idorasi, şikoyat qilmagan taşkiloti qolmagan, hisob. Faqatgina 2018 yilga kelib haqiqat yuzaga çiqa boşlagan. Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2018 yil 26 yanvardagi ajrimi bilan köp narsaga oydinlik kiritilgan.
Aslida A.B.ning tanişi F.S.ning nomiga Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon emas, balki Yunusobod tumani 7-mavze, 34-uy, 27-xonadon rasmiylaştirilgan bölib çiqqan. Ya'ni, Kamalov yaşagan bu xonadonning sudlanuvçiga yoki uning tanişiga heç qanday aloqasi bölmagan deb topilgan.
Şundan söng sud dastlabki tergov davrida noqonuniy ravişda xatlangan xonadonni xatlovdan bekor qilib, qonuniy egasi R.Kamalovga qaytariş töğrisida ajrim çiqargan.
Lekin fuqaroning xursandçiligi uzoqqa çözilmaydi. Köz körib quloq eşitmagan holat şundan söng yuz beradi. Davlat hokimiyatining eng yuqori organlaridan biri hisoblangan Oliy sudmarkaziy apparati xöjalik bölimi boşliği fuqaro Kamalovning foydasiga çiqqan sud ajrimidan «norozi bölib», Oliy sudning Jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atiga, ya'ni özi işlab turgan mahkamaga şikoyat kiritadi. Ha, töğri angladingiz, şikoyat Oliy sud taşkiliy tuzilmasidagi tarkibiy bölinma rahbari bölgan şaxs tomonidan kiritiladi.
Özining bir tom ostida işlovçi hamkasbining şikoyatini qaysi sudya rad etardi. Qolaversa gap özi işlab, oylik olib turgan idoraning bevosita manfaatlari haqida borayotgan bir vaqtda...
Xullas, 2018 yil 20 sentabr kuni Oliy sud sudlov hay'ati Toşkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining ajrimiga idora manfaatlarini közlovçi quyidagi mazmunda özgartiriş kiritdi: «Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadonni sotişdan budjetga tuşgan pul mablağlari (58,5 mln. söm – tahr.) belgilangan tartibda Kamalovga qaytarilsin».
Oliy sud vakillari nima deydi?
Mazkur masala böyiça izoh oliş maqsadida Oliy sudda bölib, taşkilot matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov va Oliy sud sudyasi Uçqun Röziyev bilan suhbatlaşdik. Sudyaning ta'kidlaşiça, Oliy sudning bunday töxtamga kelişiga Fuqarolik kodeksining 229-moddasi ikkinçi qismida nazarda tutilgan, ya'ni agar mol-mulk sud qarorlarini ijro etiş uçun belgilangan tartibda sotilgan bölsa, mol-mulkni talab qilib olişga yöl qöyilmasligiga oid qoida sabab bölgan va bu haqida ajrimda ham bayon etilgan.
«Sizningça bu ajrim adolatli bölganmi?» deb berilgan savolga u «Har qanday qonuniy qilingan iş adolatlidir», deya javob qaytardi.
Holbuki, bugungi kunda örtaça qiymati 400-450 mln. söm atrofida turadigan kvartirani qariyb 11 yillik sarson-sargardonliklar-u körgan azoblari uçun uzr sörab, öz egasiga qaytariş örniga, 58,5 mln. söm pul qaytarilişi töğrisida töxtamga kelinişiga nima sabab böldi? Nahotki, adolat qörğoni bölişi lozim bölgan oliy mahkama öz manfaatini fuqaroning manfaatidan ustun qöysa?!
Darvoqe, suhbat çoğida U.Röziyev Oliy sudning 2018 yil 20 sentyabrdagi ajrimi ustidan norozi taraf belgilangan tartibda şikoyat qilişi mumkinligini eslatib ötdi.
Xususiy mulk daxlsizligi qayerda qoldi?
Qonunga köra, xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. Lekin adolat uçun mas'ul bölgan Oliy sudning özi fuqaroning mulk huquqiga daxl qilib turgan bölsa, buni qanday ta'riflaş mumkin?!
Amaldagi «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunga muvofiq, bevosita yoki bilvosita şaxsiy manfaatdorlik şaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarişiga ta'sir körsatayotgan yoxud ta'sir körsatişi mumkin bölgan hamda şaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, taşkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari örtasida qarama-qarşilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelişi mumkin bölgan vaziyat manfaatlar töqnaşuvi deb ataladi. Qonunga köra davlat organlarining manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş yoki uni bartaraf etiş talablari buzilişiga yöl qöygan xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar böladi.
Oliy sud öz manfaatlarini öylab, R.Kamalovning qonuniy mulki örniga, u 9 yil davomida ijarama-ijara yurib sarflagan mablağidan-da kam bölgan qiymatdagi pulni qaytarmoqçi bölayotgani manfaatlar töqnaşuvi emasmi?
Şunga köra, Oliy sud sudlov hay'atining ajrimi bilan Toşkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining amaldagi qonunlarga muvofiq çiqarilgan 2018 yil 26 yanvardagi ajrimiga idoraviy manfaatdan kelib çiqib özgartiriş kiritilişi qaysi mantiqqa töğri keladi?! Adolat himoyaçisi bölişi kerak bölgan idoraning özidan jabr körib turgan aybsiz aybdor bölmiş R.Kamalov dodini kimga aytsin?
Umid qilamizki, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Sudyalar Oliy kengaşi va Boş prokuratura mazkur holatga munosabat bildirib, fuqaroning buzilayotgan huquqlari tiklanişiga kömaklaşişadi.
Mavzu yuzasidan suriştiruvlarni davom ettiramiz.
Dilşod Abduqodirov, Rahmatillo Isroilov.
P.S. Maqola e'lon qilingaç, fuqaro Farxod Sattorov tahririyatga kelib, maqola yuzasidan fikrlarini bayon qildi. Uning ta'kidlaşiça hamda taqdim etgan hujjatlaridan ma'lum bölişiça, bu işda u ham huddi fuqaro R.Kamalov kabi jabr çekkan. Uning ham şaxsiy kvartirasi tergov va sud organlari tomonidan nohaq tortib olingan va bugungi kunda Oliy sud ixtiyorida qolmoqda. Uni ham sudlanuvçi A.B.ga va unga nisbatan olib borilgan tergov va sud jarayonlariga mutlaqo aloqasi bölmagan. Kun.uz F.Sattorovning murojaati böyiça ham öz suriştiruvlarini boşladi.