09:32 / 25.06.2024
6306

Bo‘stonliqqa olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.

Foto: YHXX

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li velosport musobaqasi o‘tkazilishi tufayli ma’lum vaqtga yopiladi.

Sportning velosport-shosse turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25-26 iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34- va 54-kilometrlari oralig‘ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqinida start, G‘azalkent shahriga kirish qismida finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.

Top