Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil etiladi
Ular yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz taqdim etiladi.
Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bunda dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.
Bu yil 60 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Endilikda har bir viloyatda 2 tadan tumanda Yoshlar kooperatsiyasi tashkil qilinadi, ularga kerakli texnika, uskunalar va urug‘lik yetkazib beriladi.
Tadbirkorlar ham yoshlar uchun bunday loyiha qilaman desa, jamg‘arma ularning kredit foizini qisman qoplab beradi. Ushbu maqsadlarga ham 10 million dollar ajratiladi.
Shuningdek, dehqonchilikni yangidan boshlagan 150 ming yoshlarga tajribali fermerlar va usta dehqonlar biriktirilib, serdaromad va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga o‘rgatiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
20:33 / 10.04.2026