Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valyuta ayirboshlash shoxobchasi endi videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi
Foto: Morteza Nikoubazl / Zuma / TASS
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Vazirlik telegram-kanalida aytilishicha, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.
Shuningdek, 09002-son shakldagi ma'lumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o‘zi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.
Mavzuga oid
16:54 / 21.10.2025
Dollar kursi 12 ming so‘mgacha quladi
12:43 / 10.09.2025
Poytaxtdagi arzonlashtirilgan yarmarkalarda kameralar bozor ma’muriyati hisobidan o‘rnatilyapti
22:42 / 29.08.2025
Toshkent maktablarida 10- va 11-sinf xonalari kamera bilan jihozlanadi
15:55 / 17.02.2025