Notariuslarning qonunchilikka rioya etishi ustidan nazorat qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Notariuslarning notariat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish quyidagi tekshirishlar orqali amalga oshiriladi:
- rejali tekshirish – adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta o‘tkaziladigan nazorat shakli;
- qisqa muddatli tekshirish – notariuslar faoliyati adliya organi tomonidan reyd (har yili kamida bir marta), “sirli mijoz” hamda xizmat tekshiruvi tarzida amalga oshiriladigan nazorat shakli;
- kameral tekshirish – adliya organlari tomonidan o‘zi joylashgan manzil bo‘yicha notariuslarning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma'lumotlar hamda adliya organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli.
Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish boshlaganidan bir yil o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Rejali tekshirish muddati bir notarius faoliyatini o‘rganish uchun 5 ish kunidan oshmasligi shart.
Reyd tadbiri adliya organi rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshirilib, uni o‘tkazish muddati 1 ish kuni etib belgilanadi.
“Sirli mijoz” tadbiri quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- notarial harakatlarning sifati va tezkorligi adliya organida shubha uyg‘otganda, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritish zarurati tug‘ilganda;
- huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonidan noroziligi haqidagi murojaatlar kelib tushganda.
“Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish uchun 1 ish kuni, davomli notarial harakatlar uchun – ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi.
Kameral tekshirish adliya organi rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi va u muntazam ravishda o‘tkaziladi.
Barcha turdagi tekshirish natijasi bo‘yicha tegishli ma'lumotnoma tuziladi.
Tavsiya etamiz
Xaosga chek qo‘ymoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi: Bayden o‘z siyosiy merosini qanday barbod qildi?
Jahon | 20:16 / 23.01.2025
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
«Husanov allaqachon moslashgan» – Gvardiola Abduqodirni «Chelsi»ga qarshi o‘yinga tayyor deb hisoblamoqda
Sport | 00:27
-
Turkiyaning Konya viloyatida to‘rt qavatli uy qulab tushdi - video
Jahon | 23:47 / 24.01.2025
-
Tramp Ukraina urushi boshlanishida Putin va Zelenskiyni aybladi
Jahon | 23:07 / 24.01.2025
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024