Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslikka talabgorlar uchun majburiy o‘quv kurslari tartibi tasdiqlanadi
Adliya vazirligi notariuslikka talabgorlar uchun majburiy 72 soatlik o‘quv kurslarini joriy etadi. 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradigan nizom loyihasiga muvofiq, notarius bo‘lishni istaganlar institutda yoki masofaviy tarzda o‘qib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng sertifikat oladi.
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida notariuslikka talabgorlar uchun majburiy o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi belgilanadi. Loyihaga ko‘ra, nizom 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Nizom loyihasiga ko‘ra:
- notariuslikka talabgorlar institut bilan shartnoma asosida 72 soatlik maxsus o‘quv kurslarida ta’lim oladi;
- o‘quv kurslari institutda ochiq shaklda yoki masofaviy tarzda o‘tkazilishi mumkin;
- kurs yakunida tinglovchilarning bilimi suhbat shaklidagi sinov imtihoni orqali 100 balli tizimda baholanadi;
- imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga sertifikat beriladi;
- imtihondan o‘tolmaganlarga qayta topshirish imkoniyati bepul taqdim etiladi;
- natijalardan norozi bo‘lgan tinglovchilar apellyatsiya komissiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘quv dasturlari notariat, fuqarolik huquqi, vorislik huquqi, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda notarial harakatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026