Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Igor Sergeyev Eronning «Persepolis» klubiga o‘tdi
Hujumchi «Persepolis»da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov bilan birga to‘p tepadi.
Foto: Persepolis FC
Eronning «Persepolis» klubi O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi va futbolchining taqdimotini o‘tkazdi. Yangi jamoasida 32 yoshli hujumchi 19-raqam ostida o‘ynaydi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Sergeyevning «Persepolis» bilan shartnomasi 1,5 yilga mo‘ljallangan. Bu vaqt oralig‘ida futbolchi 1,5 mln dollarga yaqin maosh oladi.
Hujumchi «Persepolis»da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov bilan birga to‘p tepadi.
Igor Sergeyev o‘tgan mavsumni Toshkentning «Paxtakor» klubida o‘tkazib, 29 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va kumush medallarning qo‘lga kiritilishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Sergeyev bu ko‘rsatkich bilan Superliga to‘purari sovriniga ega chiqdi. Shuningdek, mavsum yakuniga ko‘ra, Superligada 2025 yil futbolchisi deb topildi.
«Persepolis» - Eronning eng nomdor futbol klublaridan biri. 1963 yilda Tehronda tashkil etilgan. 16 marta mamlakat chempioni (Eron Pro-ligasidagi rekord unvonlar soni), 7 karra Xazfiy kubogi sohibi, 5 karra Eron Superkubogi sohibi, Osiyo kubogi egalari kubogi g‘olibi (1990/91). Osiyo Chempionlar Ligasining doimiy ishtirokchisi.
Mavzuga oid
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:19 / 02.04.2026
Eron hech qachon tajovuzkorlik yo‘lini tanlamagan – Pizishkiyon amerikaliklarga murojaat qildi
17:25 / 02.04.2026
Eronning neft eksportidan daromadi ikki baravar ortdi
11:08 / 02.04.2026