Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
Ta’kidlanishicha, vayron bo‘lgan ko‘prik «Eron muhandisligining durdonasi» va «Islom Respublikasining faxrli ramzi» edi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Amerika-Isroil kuchlari Eron poytaxti yaqinidagi Karaj hududlariga zarba berdi, oqibatda Tehron va Karajni bog‘lovchi yangi qurilayotgan B1 ko‘prigi qisman vayron bo‘ldi.
«Hujumlardan birida mamlakatdagi eng baland ko‘priklardan biri bo‘lgan B1 ko‘prigiga hujum qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar oqibatida bir necha kishi jabrlangan. Voqea joyiga qutqaruv xizmatlari yetib borgan», deyiladi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlanishicha, vayron bo‘lgan ko‘prik «Eron muhandisligining durdonasi» va «Islom Respublikasining faxrli ramzi» edi.

Fars agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prikka bir sutka ichida ikki marta hujum qilingan va ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Yangi hujum qutqaruvchilar birinchi hujumdan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatayotgan paytda sodir bo‘ldi.
Ko‘prikka uyushtirilgan hujumga javoban Eron Isroil va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlaridagi ko‘priklarni «nishon» deb e’lon qildi.

Karajdagi B1 ko‘prigi - Karaj - Tehron shimoliy trassasida qurilishi davom etayotgan yirik inshoot. Uning balandligi, Eron ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 130-136 metr, umumiy uzunligi bir kilometrdan ortiq. Loyiha Tehron va mamlakat g‘arbi o‘rtasidagi yo‘nalishda yuklamani yengillashtirishga mo‘ljallangan yangi avtomagistralning bir qismi sifatida rejalashtirilgan.
Zarbani AQSh prezidenti Donald Tramp ham tasdiqladi.
«Erondagi eng katta ko‘prik qulamoqda va undan boshqa hech qachon foydalanilmaydi - Tez orada yanada ko‘proq yangiliklar bo‘ladi!», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Mavzuga oid
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026
Eron hech qachon tajovuzkorlik yo‘lini tanlamagan – Pizishkiyon amerikaliklarga murojaat qildi
18:01 / 02.04.2026