Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy bilim yurtlarida kursantlar harbiy qasamyod qabul qilishdi
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari tantanali ravishda harbiy Qasamyod qabul qilishdi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumki, prezident tashabbusi bilan 2005 yildan e'tiboran oliy harbiy ta'lim muassasalarga o‘qishga kirgan kursantlarning 1 sentabrda harbiy Qasamyod qabul qilishayotgani mustaqillik tufayli Qurolli Kuchlarda yangicha an'analar shakllanayotganidan, xalq va armiyaning bir tan-u bir jon bo‘lib kelayotganidan dalolatdir.
Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan tantanada akademiyaning umumqo‘shin fakulteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetiga joriy yilda o‘qishga kirgan kursantlar tantanali Harbiy qasamyod qabul qilishdi.
Shuningdek, mazkur tantanalar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida hamda Jizzax shahridagi Sharof Rashidov maydonida Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari ham ana shunday hayajonli tantanada ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026
Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026