20 yanvar kuni Anqarada Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov boşçiligidagi delegatsiya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşdi. Delegatsiya tarkibida Özbekiston mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhamedov, içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov va Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov ham iştirok etgan. Şuningdek, uçraşuvda Turkiya rasmiylari ham qatnaşgan.
Baxtiyor Saidov Erdöğanga Şavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgan.
«Mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ijobiy rivojlaniş sur’atini körsatayotgani, özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş uçun eng qulay şaroitlarni yaratayotganini ta’kidladik», deyiladi Saidovning postida.

Şuningdek, Anqara Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan raisligida Qöşma strategik rejalaştiriş guruhining törtinçi yiğilişi ham ötkazildi.
Uşbu yiğiliş doirasida savdo va investitsiyalar, energetik xavfsizlik, mintaqaviy boğliqlik, terrorizm va transmilliy tahdidlarga qarşi kuraş, mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’lim va turizm kabi ustuvor yönalişlar muhokama qilingan.

«Uşbu yiğiliş Özbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida ötkazilişi rejalaştirilayotgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişiga muhim tayyorgarlik bosqiçi böldi», deyiladi Özbekiston TIV bayonotida.
Uçraşuvda, şuningdek vazirlar «imkon qadar turli xalqaro lavozimlarga nomzodlar borasida özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş» böyiça kelişuvga erişgan. Afğoniston, Ğazo, Ukraina va Suriya kabi mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça fikr almaşildi.
Şuningdek, Özbekiston va Turkiya taşqi işlar vazirliklari örtasida 2026–2027 yillarga möljallangan Harakatlar rejasi imzolandi.
Kunning eng muhim uçraşuvlaridan biri Özbekiston va Turkiya taşqi işlar, içki işlar va mudofaa vazirlari hamda xavfsizlik xizmatlari rahbarlari iştirokida






















