Özbekistonda 1 apreldan boşlab Mudofaa vazirligi ofitserlariga köp yillik xizmati uçun ustama miqdori 2 karra oşiriladi.

Kontrakt asosida xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik maoşi esa 10 foizga köpaytiriladi.

Bu haqda Xavfsizlik kengaşining 13 yanvar kungi yiğilişida prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Prezidentga köra, hududiy mudofaa işlari boşqarmasi va bölimlarining harbiy bölmagan xizmatçilarining oyligi bu yil 20 foizga, kelasi yili yana 50 foizga oşiriladi.

13 yanvar kuni prezident huzurida ötgan yiğiliş / Foto: Prezident matbuot xizmati 

Qurolli Kuçlar safida 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uçun pensiya hisoblaşda inobatga olinadigan oylik miqdori 75 foizdan 100 foizga yetkaziladi.

Harbiy xizmatçilar uçun uy-joy qurilişi ham kengaytiriladi.

Mas’ullarga harbiy xizmatçilarning pensiya ta’minotini belgilaydigan qonun loyihasini işlab çiqib, parlamentga kiritiş topşirildi.