17:51 / 15.02.2019
42665

Amalda shahardagi aholining turmush tarzi qishloqqa xos – vazirlik

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2009-2018 yillar oralig‘ida urbanizatsiya darajasi O‘zbekistonda 1,1 foizga pasayib, 50,6 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

«2012 yildan hozirgi kunga qadar shaharlar soni 119tadan oshmadi va ularda 10,1 mln. kishi istiqomat qiladi. Ularning 24,2 foizi esa Toshkent shahrida yashaydi», – deyiladi vazirlik axborotida. 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tarqatgan xabarda aytilishicha, ko‘pgina kichik shahar va shahar posyolkalari ma'muriy usullar orqali tuzilgan bo‘lib, ular shaharsozlik talabiga ko‘ra javob bermaydi.

«Amalda aholi qishloq xo‘jalik mehnati bilan band, ularning turmush tarzi esa qishloqqa xosdir», – deydi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari​ Tursun Ahmedov.

Top