Ukrainaning Özbekistondagi elçixonasi murojaat bilan çiqib, Rossiyaning uşbu davlatga qarşi uruşida qatnaşmaslikka va Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlariga bormaslikka çaqirdi.

Diplomatik vakolatxona murojaatida ta’kidlanişiça, Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlarida olib borilayotgan jangovar harakatlar paytida Rossiya armiyasi uruşda qatnaşiş uçun xorijiy fuqarolarni jalb qilişga urinmoqda.

«Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotlariga köra, vaqtinça bosib olingan Donetsk viloyati Gorlovka şahrida joylaşgan Rossiya kuçlarining bölinmalarida Özbekiston Respublikasi fuqarolari borligi aniqlangan. 

Uşbu şaxslar Ukraina davlat çegarasini noqonuniy kesib ötib, Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtinça bosib olingan Ukraina hududiga quriliş işlarini olib boriş uçun kelgan. Mariupol (Ukraina) şahriga yetib kelganidan söng, ularning pasportlari olib qöyilgan va bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi kuçlari safiga köngilli sifatida safarbar qilingan», deyiladi elçixona xabarida.

Şuningdek, elçixona Ukrainaga qarşi qurolli tajovuzda qatnaşgan çet el fuqarolari mamlakat milliy qonunçiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilişini eslatib ötdi.

Biroz avvalroq, Rossiyaning Volgograd şahrida özbekistonlik mehnat muhojirlarini «maxsus harbiy amaliyot»ga çaqiriş boşlangani haqida xabar paydo bölgandi. Mahalliy aholi vakillari jamoat transporti salonlarida şunday çaqiriqlar aks etgan plakatlarga guvoh bölişgan.

«Bu avtobuslarda xorijliklar yurişadi. Bu reklama ular uçun. Reklamani biz joylaştirdik va özbek tilidan boşlaşga qaror qildik. Kelgusida biz bu taşviqotni boşqa tillarda ham olib boramiz: tojik, qozoq va hokazo. Bunday e’lonlarni avtobuslardan boşqa joylarda ham joylaştiriş haqida hozirça buyruq bölmadi», – degan saralaş punkti xodimi mahalliy naşrlardan biriga bergan izohida.

Mart oyida Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpoğistonning Ellikqal’a tumanida yaşovçi, Rossiyada qamoq muddatini ötagan fuqaro Ukrainada halok bölgani haqida xabar bergan edi. U Ukrainaga quriliş işlari uçun jönatilgan va u turgan joyga snaryad kelib tuşgani ma’lum